Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 60,4 mln ga yetdi.

Eng ko‘p zararlanganlar AQSH (12,7 mln), Hindiston (9,2 mln), Braziliya (6,1 mln), Fransiya (2,2 mln) va Rossiya (2,1 mln) mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 38,7 mln dan oshgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni esa 1 mln 421 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Kasallanganlar soni milliondan oshgan mamlakatlar soni ham ortib bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniya (1,6 mln), Buyuk Britaniya (1,56 mln), Italiya (1,48 mln), Argentina (1,39 mln) va Kolumbiya (1,27 mln) kabi davlatlar qatoriga yaqinda Meksika ham qo‘shildi (1,07 mln). Shuningdek, hozirda Germaniyada ham COVID-19 bilan kasallanganlar soni 995 ming kishini tashkil qilmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonda (128 ming kasallanganlar) bo‘lib turibdi. Shuningdek, hozirda Qirg‘izistonda 71 mingdan ortiq, Afg‘onistonda 45 ming, Tojikistonda 12 mingdan ortiq COVID-19 bilan zararlanganlar bor