Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlari rejadagidan uzoqroq muddat davom etayotganligi sababli qo‘shimcha xarajatlar uchun talab etiladigan mablag‘ 13,4 trln so‘mgacha oshirildi, deya xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Jamg‘armaning oshirilgan 3,4 trln so‘mlik xarajatlarining 1,7 trln so‘mi Vazirlar Mahkamasining 21 sentyabrdagi 575-sonli qaroriga asosan Davlat byudjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan mablag‘lari hisobidan, qolgan 1,7 trln so‘mi Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari hisobidan qoplanadi.

Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuniga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘arma hisobiga jami 10 trln so‘m kelib tushgani va sohalarga qanchadan mablag‘lar yo‘naltirilishi haqida xabar bergan edik.