Afsonaviy argentinalik futbolchi Diyego Armando Maradona 60 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Clarin gazetasi. Nashrning yozishicha, u o‘z uyida yurak xurujidan vafot etgan. Yangilikni ESPN va The Guardian ham tasdiqladi.

4 noyabr kuni Diyego Maradona subdural gematoma tufayli bosh miyasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, 11 noyabrda uyiga ruxsat berilgan edi.

«Chempionat»ning yozishicha, u so‘nggi marta 30 oktabr kuni Argentina chempionatining 1-tur uchrashuvida Maradonaning 60 yilligiga bag‘ishlangan «Ximnasiya va Esgrima» va «Patronato» uchrashuvida (3: 0) jamoatchilik oldida paydo bo‘lgan edi. Uchrashuvdan oldin unga esdalik lavhasi topshirildi. Maradona sog‘lig‘i yomonligini aytib, o‘yinni tomosha qilish uchun qolmadi. Keyinchalik u Buenos-Ayresdan bir soatlik masofada, La-Platadagi Ipenza klinikasiga olib ketilgani haqida xabar berildi.

So‘nggi yillarda Maradonada ko‘plab sog‘liq muammolari bo‘lgan. Xususan, 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionatining Argentina — Nigeriya o‘yinida uning hushidan ketgani xabar qilingan edi.

Foto: fifa.com.

Faoliyati davomida futbolchi yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida o‘ynagan. U «Argentinos Xuniors», «Boka Xuniors», «Barselona», «Napoli», «Sevilya» va «Nyuells Old Boyz» jamoalarida o‘ynagan. Argentina terma jamoasi safida 91 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol urgan. 1986 yilgi jahon chempioni, to‘rtta jahon chempionatining ishtirokchisi bo‘lgan. U «Boka Xuniors» tarkibida Argentina chempioni bo‘ldi, shuningdek «Napoli» bilan Italiyaning ikki karra chempioni bo‘ldi.

Diyego Maradona FIFA rasmiy veb-saytida ovoz berish orqali XX asrning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib, u yerda 53,6% ovoz oldi, FIFA futbol komissiyasi talqini bo‘yicha esa u XX asrning 3-futbolchisi bo‘lgan.