Britaniyaning AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi Oksford universiteti mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaksina, klinik sinovlarining oraliq tahlili uning o‘rtacha samaradorligi 70 foizligini ko‘rsatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

AstraZeneca ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Braziliyada o‘tkazilgan sinovlar natijasida AZD1222 vaksinasi COVID-19 ning oldini olishda samarali deb topildi. Vaksinani olgan ko‘ngillilar orasida kasalxonaga yotqizish yoki kasallikning og‘ir shakllari kuzatilmagan.

Klinik sinovlar jarayonida ikkita dozalash usuli ishlatilgan, shunda birining samaradorligi 90 foizni, ikkinchisining — taxminan 62 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, ikki dozalash rejimining natijalari o‘rtacha 70 foizli samaradorlikni ko‘rsatdi.

Bu kungacha o‘z samaradorligini ko‘rsatgan COVID-19 ga qarshi vaksinalar:

VaksinaKim tomonidan ishlab chiqildiSamaradorligi, foizda
1Pfizer
Pfizer (AQSH), BioNTech (Germaniya)
95
2Moderna
Moderna (AQSH)
94,5
3Sputnik V
N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi (Rossiya)92
4AstraZeneca (AZD1222)
AstraZeneca (Buyuk Britaniya),Oksford universiteti mutaxassislari
70

Vaksinalarning klinik sinovlari hali ham davom etmoqda.