Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari va markaz klinikasi bosh vrachi etib Shuhrat Xudoybergenov tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Cog‘liqni saqlash vazirining shu yilning 23 noyabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Xudoybergenov Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — markaz ko‘p tarmoqli klinikasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Xudoybergenov faoliyati davomida Akademik V. Vahidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida xirurg-shifokor, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.