Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 24 noyabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 23,93 so‘mga ko‘tarilib, 10 414,86 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 50,18 so‘mga arzonladi va 12 344,73 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 2,35 so‘mga qimmatladi va 136,69 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi 12 so‘mga qimmatlab, jami 10 390 so‘mni tashkil qilgandi.