The Economist jurnali Covid-19 vaksinasi uchun buyurtma bergan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Qayd etilishicha, vaksina xaridi uchun bir nechta davlatlar buyurtma bergan. Jumladan, ro‘yxat boshidagi davlat Kanada xar bir fuqaro uchun deyarli 10 dozadan vaksina sotib olishni rejalashtirgan. Avstraliya va Britaniya xar bir fuqarosi uchun o‘rtacha 6 dozadan, Amerika, Yevropa davlatlari esa deyarli 3 dozadan xarid qilish uchun buyurtma bergan.

Shunga mutanosib ravishda, Yaponiya va Nepal 2 dozadan, Xindiston, O‘zbekiston, Braziliya, Lotin Amerikasi davlatlari va Indoneziya 1 doza atrofida vaksinaga buyurtma berishgan.

O‘zbekiston har bir fuqarosi uchun 1 dozadan vaksina xarid qilishni rejalashtirgan.

Dori ishlab chiqaruvchi korxonalarning ta’kidlashicha, faqatgina 2021 yil oxiriga qadar barcha davlatlarni vaksina bilan ta’minlash imkoni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX (koronavirusga qarshi vaksinalash) xalqaro mexanizmiga qo‘shilgan. Bundan tashqari, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov xabariga ko‘ra O‘zbekistonda Xitoy, Rossiya, Yevropa va AQSH vaksinalarini sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq 2021 yilning iyuniga qadar O‘zbekistonda aholining 60 foizini koronavirusdan emlashni rejalashtirilayotani ma’lum qilingan edi.