XXR raisi Si Szinpin G20 sammitida koronavirus testi natijalari asosida «salomatlik kodlari» xalqaro tizimni tashkil etish taklifini ilgari surdi, deya xabar qildi «Meduza».

XXR raisi Si Szinpin «Katta yigirmatalik» (G20) virtual sammitida «salomatlik kodlari»ni o‘zaro tan olishning xalqaro mexanizmini ishlab chiqishni taklif qildi.

«Sinxua» agentligi tomonidan e’lon qilgan Si Szinpin nutqining ingliz tiliga tarjima qilingan stenogrammasida gap koronavirus nuklein kislotasi testi natijalariga asoslangan xalqaro tan olingan QR-kodlar ko‘rinishida markirovka haqida ketmoqda.

Si Szinpin mazkur mexanizmga nafaqat G20 ishtirokchilari, balki boshqa mamlakatlarning ham qo‘shilishidan umid bildirdi.

Si Szinpin xalqaro mexanizmning boshqa tafsilotlariga to‘xtalmadi.

Xitoyda 2020 yilning bahoridan buyon «salomatlik kodlari» tizimi joriy etib kelinmoqda. Mamlakatda har kim koronavirus testlari natijalari, epidemiologik vaziyat og‘ir bo‘lgan hududda bo‘lganlar, COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar bilan muloqotga kirishganlar va boshqa ma’lumotlar hisobga olingan «qizil», «sariq» va «yashil» QR-kodga bo‘lishi ega. Ko‘plab joylarga kirish uchun QR-kod «yashil» bo‘lishi kerak.

Avvaliga bunday kodlar alohida hududlarda amalda bo‘lgan, may oyidan boshlab esa umumlashtirildi va butun Xitoy bo‘ylab tatbiq etildi.