Prezident Shavkat Mirziyoyev «Navro‘z» qabullar uyidan samarali foydalanishga oid loyiha bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.


Foto: prezident matbuot xizmati.

Ushbu majmuani kapital ta’mirlab, Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markaziga aylantirishrejalashtirilgan. Bu yerda tadbirkorlarga ma’lumotlar ochiq va shaffof tarzda taqdim etiladi, deyiladi xabarda.


Foto: «Uzbekistan 24»

Bu yerda tadbirkorlarga ma’lumotlar ochiq va shaffof tarzda taqdim etiladi, — deb Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Sharof Rahmonov ma’lum qildi.

«„Navro‘z“ to‘yxonasining o‘rniga, ichini rekonstruksiya qilib, ikkinchi qavatida 2000 kvadratdan ko‘p bo‘lgan joyda, Toshkent shahridagi barcha investitsiya loyihalarini taqdimoti va davlat ishtirokidagi davlat ulushi bor korxonalarning shourimi tashkil etiladi. Undan tashqari birinchi qavatida ishsizlar birjasi bo‘lib o‘tadi. Mehnat vazirligi bilan birgalikda shu loyihani amalga oshirmoqchimiz. Temir daftarga tushgan aholi, ishsiz aholi shu yerga kelib, o‘zining mutahassisligigan kelib chiqqan holda o‘ziga ma’qul keladigan ishni o‘sha yerdan topsa bo‘ladi», — deb aniqlik kiritdi Sharof Rahmonov.

Binoning atrofidagi asosiy joylari odamlar uchun saylgohga aylantiriladi.