Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va to‘yimli toblatmalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Sendvich-toblatma


Oddiy sendvichlarni ham original ko‘rinishda va noodatiy ta’mda tayyorlash mumkin bo‘lib, ana shulardan biri sendvich-toblatmadir. Qarsildoq non va erigan pishloq birgalikda ajoyib uyg‘unlikni tashkil qilib, yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.

Kartoshka va qo‘ziqorinli toblatma


Kartoshka va qo‘ziqorin solib pishiriladigan toblatma juda to‘yimli va mazali taomdir. Buning uchun esa ko‘p vaqt va mehnat talab etilmaydi.

Kartoshka, dudlangan go‘sht va pishloq qo‘shib pishirilgan toblatma


Kartoshka, dudlangan go‘sht va pishloq qo‘shib pishirilgan mazali toblatmamizning ta’mi umuman o‘zgacha bo‘lib, odatdagilaridan farq qiladi. To‘yimli taom, lekin tez tayyorlaniladigan retsept qidirayotgan bo‘lsangiz, unda shu retsept aynan siz uchun.

Qovoq va go‘shtli toblatma


Qovoq va qiyma qo‘shilmasidan hosil bo‘ladigan bu taom qanchalik mazali ekanligini hatto tasavvur ham eta olmaysiz. Bir qarashda noodatiy bo‘lgan bu taomdan pishiring va yaqinlaringizni xursand qiling.

Frikadelkali toblatma


Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mda bo‘lib, to‘yimli tushlik yoki kechki taom bo‘la oladi.

Pastitsio — grekcha toblatma


Dolchindan ko‘proq olmali pishiriqlar tayyorlashda foydalanamiz. Ammo bugungi dolchin qo‘shib tayyorlaniladigan taomimiz, sizning eng sevimli taomingizga aylanishiga ishonchimiz komil.

Tovuqli toblatma


Kechki ovqat uchun tez tayyorlaniladigan bugungi toblatma ajoyib ta’mi bilan sizga yoqishi aniq. Sabzavotlar va rayhonning xushbo‘y hidi esa yaqinlaringizning ishtahasini ochishi turgan gap.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15