Abdullayev Alijon Sidikovich Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Bosh prokuror bu haqdagi buyruqqa imzo chekdi.

Alijon Abdullayev 1953 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1977 yilda sobiq Ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi Oliy kurslarini tamomlagan.

Alijon Abdullayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining mas’ul lavozimlarida ishlagan.