Yilning 10 oyida O‘zbekiston Qozog‘istondan 3,1 ming dona avtomobil sotib oldi (1872% ga ko‘proq) va bu borada eng yirik importchiga aylandi. Bu haqda Lsm.kz nashri Qozog‘iston avtobiznesi assotsiatsiyasi ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Avtomobil import qilish bo‘yicha O‘zbekistondan keyin:

  • Rossiya — 2,8 ming avtomobil (64%ga ko‘p);
  • Qirg‘iziston — 59 ta mashina (228%ga ko‘p);
  • Belarus — 55 ta mashina (129% ga ko‘p).

Qozog‘iston avtomobillari eksportining umumiy miqdorining 67 mln dollarini (o‘tgan yilgidan 2518%ga ko‘p) O‘zbekiston tashkil qildi, Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 26 mln dollarga (61,8%ga ko‘p), Belarusda 527 ming dollarga (30%ga ko‘p), Qirg‘izistonda 506 ming dollarga (234%ga ko‘p) teng bo‘ldi.