Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatda koronavirus tarqalishi tufayli karantin choralarini kuchaytirilayotgani ma’lum qildi. Bu haqda Meduza mahalliy Anadolu agentligiga tayanib xabar berdi.

Savdo markazlari, bozorlar va sartaroshxonalarning faqat soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat berildi. Bar va restoranlar xaridorlarga faqat olib ketish xizmati orqali faoliyat ko‘rsata oladi. Barcha kinoteatrlar kamida yilning ohirigacha yopilishi kutilmoqda. Maktablar esa masofaviy ta’limga o‘tadi.

Dam olish kunlari Turkiya bo‘ylab komendantlik soati e’lon qilindi. Ko‘chaga soat 20:00 dan 10:00 gacha chiqish taqiqlanadi.

So‘nggi paytlarda Turkiya bo‘ylab kuniga 3 mindan ortiq koronavirus yuqtirib olganlar aniqlanmoqda. Bu ko‘rsatkich esa oktyabr oyida 2 ming nafarni tashkil etgan. Aprel oyida eng yuqori darajadagi yuqtirganlar soni aniqlangan va kuniga 4 yarim mingdan ortiq bemorlar ro‘yxatga olingan.

Bundan avval, Fransiya va Germaniya koronavirus tarqalishi tufayli ommaviy karantin e’lon qilgan edi.