Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra bir yil davomida mehnat qulligida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ish beruvchiga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini, ish sharoitlari va ish haqidan qoniqqanini aytgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aqto‘be viloyati politsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan shaxslarni topish bo‘yicha rejali tadbirlar davomida 1962 yil 2 mayda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.B. aniqlangan. Uning ish beruvchisiga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 128-moddasida ko‘zda tutilgan «Odam savdosi» bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabar berilishicha, M.B. Qozog‘istonga 1996 yilda kelgan, 2004 yilda doimiy yashash ruxsatnomasini olgan va Qozog‘istonda muntazam yashaydi.

Huquqni muhofaza qilivchi organlar vakillari bilan suhbat chog‘ida M.B. hozirgi ish beruvchisiga nisbatan shikoyati yo‘qligini, ish, yashash va ish haqi shartlari o‘zini qoniqtirishini, O‘zbekistonga qaytish niyati yo‘qligini va Olmaota shahriga, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan qizining uyiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Jinoiy ish alomatlari yo‘qligi va mehnat qulligi faktlari tasdiqlanmagani munosabati bilan qo‘zg‘atilgan jinoiyat ish yopildi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bir yilni mehnat qulligida o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.