Prezidentning 17 noyabrdagi Farmoniga asosan Xasan Murotovich Kabirdjanov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi.

Shu kunga qadar Xasan Kabirdjanov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 10 oktyabrda MIB direktori Botir Qudratxo‘jayev ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, u direktor vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan edi.

MIBning avvalgi direktori Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyati prokurori etib tayinlangandi.