Avvalroq Uzauto Motors kompaniyasi 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat byudjetiga 582,6 mlrd so‘m yig‘imni to‘lamagani haqida yozgan edik. Unga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab joriy qilingan ushbu yig‘im avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada ushbu yig‘im xaridorlar hisobidan undirilishi ta’kidlangan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputat Rasul Kusherbayev mazkur masala yuzasidan fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, imtiyoz byudjet qonunida o‘tib ketgan bo‘lishi mumkin. Oqibatda Uzauto Motors 9 oyda 582,6 mlrd so‘m yig‘in to‘lamagan. Deputat mazkur imtiyoz keyingi yilda ham saqlanib qolishidan xavotirda ekanligini bildirgan.

«Bu imtiyoz qayerda o‘tib ketgan savol ham qiziqtirayapti. Balki qonunlarda nomuvofiqlik bordir, bu o‘tgan yilgi byudjet qonunida ketgan bo‘lishi mumkin. Nimaga bunaqa bir-biriga zid ketayapti? Kamiga keyingi yil ham shunday 3 foizlik yig‘imni [Uzauto Motors — tahr.] to‘lamaslik imtiyozini saqlab qolishi mumkin. Biz bunday imtiyoz berilishiga qarshimiz», — dedi Rasul Kusherbayev.

Deputat Soliq kodeksining 460-моддасида avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari sotib olinganda, yig‘im qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanishi belgilanganini nazarda tutmoqda.

Qolaversa, prezidentning 2019 yil 18 iyuldagi [4397-sonli] qarorida 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi transport vositalari sotib olganlik uchun yig‘in ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanishi qayd etilgan.

Oliy Majlis palatalari qabul qilgan «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi qonunда ham yangi avtotransport vositalari bo‘yicha undiriladigan yig‘imdan mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobillar mustasno ekanini ko‘rish mumkin. Bu UzAuto Motors AJga ["O‘zavtosanoat» AJ tizimidagi ishlab chiqaruvchilar ham] 3 foizlik yig‘imni to‘lashdan qonuniy ozod qilingan degani. Buni parlamentlar tasdiqlagan. Muhimi, ushbu imtiyoz quyi palataga kiritilgan 2021 davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun лойиҳасида mavjud.

Mazkur savolga tayinli javob bo‘lmagach, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov mazkur savolni qo‘mita yoki fraksiya yig‘ilishida muhokama qilish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

Bundan tashqari, deputat Rasul Kusherbayev mazkur holat bo‘yicha o‘zining telegram kanalida batafsilroq fikr-мулоҳазалариni qoldirdi.

«Bu barcha belgilari bo‘yicha jinoiy ish. Nega shu paytgacha ish ochilmagan hayronman. Xalqdan yarim trillion so‘mni yig‘im bahona shilib olsada, byudjetga to‘lamasa. Buyam mayli, endi bu Ostap Bender shogirdlari o‘sha 3%ni byudjetga to‘lamaslik bo‘yicha imtiyoz ham undirmoqchi», — deydi deputat.