Germaniya poytaxtida karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Berlin markazida karantinga qarshi kelishilgan namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Qayd etilishicha, Brandenburg darvozasidagi namoyishlar kelishilgan va qonuniy. Miting qoidalarini buzgan shaxslar ichki ishlar hodimlari tomonidan hibsga olinmoqda. Shuningdek, Bundestag binosiga yaqinlashgan namoyishchilarga qarshi suv to‘pi qo‘llanilmoqda. — RIA Novosti.

Eron yadroviy kelishuvini buzdi

Eron Natanz shahridagi yer osti zavodida yaxshilangan sentrifugalar (IR-2m) bilan uranni boyitishga tayyorlanmoqda. MAGATE 14 noyabr kuni Eron Natanzdagi uran boyitish zavodida 174 ta IR-2m sentrifugalardan tashkil topgan yangi kaskadga «UF6» (ftorli uran) uzatishni boshlaganini ta’kidladi. Yadroviy kelishuv shartlariga ko‘ra Eron uranni faqat IR-1 sentrifugalari yordamida boyitishi mumkin. — Reuters.

AQSH sobiq prezidenti Barak Obama «Suriyadagi fojia»ni muvaffaqiyatsizliklardan biri deb atadi

AQSH sobiq rahbari Barak Obama Suriyaning barqarorligi va yaxlitligini saqlab qolmaganini prezidentlik davridagi muvaffaqiyatsizliklardan biri deb atadi. Prezidentlik davridagi muvaffaqiyatsizliklar to‘g‘risida savolga javob berayotganda, Obama shunday dedi: «Tashqi siyosatga kelsak, meni hali ham Suriyadagi fojia qiynaydi. «Arab bahori» paytida Misr, keyin Liviya diqqat markazida bo‘lgan, ammo shu bilan birga Suriya parchalana boshlandi. Har holda, men xalqaro hamjamiyatni Suriyani birdamlikda saqlashga ishontirolmadim. Men insonlar chekkan azoblari haqida o‘ylashni to‘xtata olmayapman». — Stern.

Antoniu Guterrish rivojlangan davlatlardan 28 mlrd dollar so‘radi

Foto: Mark Garten / UN Photo

BMT bosh kotibi pandemiyaga qarshi kurashish uchun G20 rahbarlaridan 28 mlrd dollar so‘radi. Antoniu Guterrishning gaplariga ko‘ra, mablag‘ muhim tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va asosiy tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash uchun kerak. «Men G20ni COVID-19ga qarshi kurashish tashabbusi uchun zarur bo‘lgan 28 mlrd dollarlik bo‘shliqni to‘ldirishga chaqiraman. Mablag‘ muhim tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni kengaytirishga va asosiy tibbiy yordamni ko‘rsatishga kerak. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimi va iqtisodiyot muammolarni yengishga qodir emas», — deyiladi murojaatda. — TASS.

BMTda Gigiyena va sanitariya jamg‘armasi tashkil etildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyiha xizmatlari bo‘yicha boshqarmasi (YUNOPS) huzurida Sanitariya va gigiyena jamg‘armasi tashkil etildi. Kelgusi besh yil ichida jamg‘arma odamlarni suv, hojatxona va qizlar gigiyenasi vositalari bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish uchun 2 mlrd dollar olishi kutilmoqda. — Gazeta.uz

Turkiyada karantin choralari kuchaytirilmoqda

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatda koronavirus tarqalishi tufayli karantin choralarini kuchaytirilayotgani ma’lum qildi. Savdo markazlari, bozorlar va sartaroshxonalarning faqat soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat berildi. Bar va restoranlar xaridorlarga faqat olib ketish xizmati orqali faoliyat ko‘rsata oladi. Barcha kinoteatrlar kamida yilning ohirigacha yopilishi kutilmoqda. Maktablar esa masofaviy ta’limga o‘tadi. — Gazeta.uz