Fransisko Sagasti Peruning vaqtinchalik prezidenti etib saylandi

Peru kongressi a’zosi Fransisko Sagasti mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib saylandi. Sagastiga 97 deputat ovoz berdi, 26 kishi qarshi chiqdi. Fransisko Sagasti mutaxassiligi bo‘yicha muhandis, o‘z paytida Jahon bankida ishlagan. Sagasti bir hafta ichida mamlakatning uchinchi prezidenti bo‘ldi. Xabar berilishicha, Mirta Vaskes vitse-prezident lavozimini egallaydi. — TV Peru.

Daniya hukumati parranda grippi sababli 25 ming jo‘jani yo‘q qilishga qaror qildi

Daniya hukumati tovuq fermasida H5N8 parranda grippi topilgani sababli 25 ming jo‘jani yo‘q qilishga qaror qildi. Bu 2016 yildan beri tovuqlarda birinchi marta parranda grippi aniqlanishi. Aytilishicha, parranda grippi ilgari turli joylarda, ayniqsa Yutlandiyada yovvoyi qushlar orasida kuzatilayotgan edi. Odamlar orasida parranda grippini yuqtirish holatlari hali aniqlanmagan. Shuningdek, yovvoyi qushlar ustidan intensiv monitoring olib boriladigan 10 km lik zona yaratiladi. — Ekstra Bladet.

Rossiya birinchi sayyohlar guruhini XKSga kelasi yilning 8 dekabr kuni yuborishi mumkin

Foto: mcc.rsa.ru

Rossiya birinchi sayyohlar guruhini “Soyuz” kosmik kemasida XKSga 2021 yil 8 dekabr kuni yuborishi mumkin. Ta’kidlanishicha, sayyohlar XKSda 12 kun bo‘lishadi. 8 dekabr kuni “Soyuz” kosmik kemasi Rossiya kosmonavtlari va ikkita sayyoh bilan Baykonur orqali parvozga ko‘tariladi. Reja bo‘yicha, ular 20 dekabr kuni Yerga qaytishadi. — RIA Novosti.

AQSHning Transport vazirligi Tesla kompaniyasida tekshiruvlar o‘tkazmoqda

AQSHning Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (Transport vazirligi) Tesla elektromobillari yuzasidan tushayotgan ko‘plab shikoyatlar sababli kompaniyada tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Shikoyatlarga sensor ekranlarning ishlamasligi sabab bo‘ldi. Bunday nosozliklar 159 mingga yaqin mashinada (Model S va Model X) kuzatilgan. — TASS.

Crew Dragon kemasi XKSga qo‘shildi

SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi ekipaji XKSga qo‘shildi. Crew Dragon dushanba kuni Florida shtatidagi Kanaveral burnidan uchirildi va uch amerikalik va bitta yaponiyalik astronavtlardan iborat ekipajni stansiyaga yetkazdi. Bular: Maykl Xopkins, Viktor Grover, Shannon Uoker va Siti Nails. Ular XKSda deyarli olti oyga yaqin mobaynida bo‘lishadi. — Gazeta.uz

Qozog‘iston prezidenti Covid-19 statistikasini yashirmaslikka chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi Covid-19 bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirdi."Yuqtirganlarni aniq ro‘yxatdan o‘tkazish — bu virusga qarshi kurashning mutlaq talabidir", — dedi Qozog‘iston rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning bir qator hududlarida koronavirus infeksiyasining yangi holatlarini yashirish faktlari aniqlandi. — Gazeta.uz

Moderna vaksinasinining 94,5% samaradorligi ma’lum qilindi

AQSHning Moderna kompaniyasi COVID-19ga qarshi vaksinasining dastlabki sinovlari muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi vaksinaning samaradorligi 94,5% ni tashkil etmoqda. Vaksina sinovlarida 30 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Ular orasida 65 yoshdan katta yoshdagilar ham bo‘lgan. Vaksinaning afzalligi shundaki, u 2,2 dan 7,7 darajagacha bo‘lgan haroratda, ya’ni standart uy yoki tibbiy sovutgichning haroratida 30 kun davomida barqaror bo‘lib turadi. — Gazeta.uz