SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi ekipaji XKSga qo‘shildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Crew Dragon dushanba kuni Florida shtatidagi Kanaveral burnidan uchirildi va uch amerikalik va bitta yaponiyalik astronavtlardan iborat ekipajni stansiyaga yetkazdi. Bular: Maykl Xopkins, Viktor Grover, Shannon Uoker va Siti Nails. Ular XKSda deyarli olti oyga yaqin mobaynida bo‘lishadi.

Crew Dragon XKSga kelishi kosmik kemaning orbitaga birinchi rejalashtirilgan parvozi bo‘ldi, va bu 2011 yilda Space Shuttle dasturi yakunlanganidan beri amerikalik boshqariladigan kosmik kemaning birinchi ishchi parvozini anglatadi.

So‘nggi to‘qqiz yil davomida amerikalik astronavtlarni orbitaga Rossiyaning «Soyuz» kosmik kemasi yetkazib berardi. Crew Dragonning ikki kishilik ekipaj bilan birinchi sinov parvozi shu yilning may oyida bo‘lib o‘tdi.