Inog‘omov Hayot Ilyasovich Yangihayot tumani hokimligiga tasdiqlandi, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati.

16 noyabr kuni Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar tomonidan tuman hokimi lavozimga tavsiya etilgan Hayot Inog‘omov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.

Hayot Inog‘omov 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.

Shu paytga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Shuningdek, Yangihayot tumani prokurori lavozimiga Azimov Azamat Avazovich, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavomiga esa Raimov Murat Tohirovich tasdiqlandi.

Azimov Azamat shu kunga qadar Namangan prokurorining birinchi o‘rinbosari, Murat Raimov esa Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasining odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.