Global Finance nashri yashash uchun qulay bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi 10 ta shaharni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Tokio shahri eng qulay shahar deb topildi. Keyingi o‘rinlarda, London, Singapur, Nyu-York va Melburn kabi shaharlar turibdi.

Global Finance shaharlarni, pandemiyaga qarshi kurashni ham hisobga olgan holda, sakkizta ko‘rsatkich bo‘yicha tanlashdi. Nashr mutaxassislari shaharlarni iqtisodiy barqarorlik, ilmiy hayot, madaniy hayot, obodonlashtirish, atrof-muhit, maxsus imkoniyatlar, aholi jon boshiga YAIM kabi mezonlar, shuningdek mamlakatda har million aholiga qancha koronavirusdan vafot etish holatlari to‘g‘ri kelayotgani bo‘yicha baholashdi.

Yashash uchun qulay bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi shaharlar o‘ntaligi:

  1. Tokio (Yaponiya)
  2. London (Buyuk Britaniya)
  3. Singapur (Singapur)
  4. Nyu-York (AQSH)
  5. Melburn (Avstraliya)
  6. Frankfurt (Germaniya)
  7. Parij (Fransiya)
  8. Seul (Janubiy Koreya)
  9. Berlin (Germaniya)
  10. Sidney (Avstraliya)

Avvalroq, The Economist va Mercer ham eng yaxshi shaharlar reytingini e’lon qilgan edi. Mercer’ga ko‘ra (2019 yilda), Toshkent shahri hayot sifati bo‘yicha dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingida 203-o‘rinni egallagan edi.