18−20 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural (Yekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

18−19 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi kutilmoqda. 18 noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. 19 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Respublikaning tog‘ hududlarida 18−19 noyabr kunlari qor yog‘adi. Ba’zi hududlarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

18−20 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 8−13 darajagacha va shimolda 10−15 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 0−5 darajagacha pasayishi kutilmoqda. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10−15 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.