Moldovaning sobiq bosh vaziri, «Harakat va birdamlik» muxolif partiyasi rahbari Mayya Sandu Moldova prezidenti saylovlarining ikkinchi bosqichiga ko‘ra, ya’ni mamlakat ichidagi saylov uchastkalarining barcha bayonnomalari ko‘rib chiqilgach, umumiy natijalarga ko‘ra yetakchilik qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Saylovlar 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Uchastkalardan olingan bayonnomalarning 99,35 foizi qayta ishlangandan keyin Sandu 57,42% ovoz, uning raqibi — amaldagi prezident Igor Dodon 42,58% ovoz olgani ma’lum bo‘lgan.

Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, saylovlarda qatnashish ko‘rsatkichi 52,76 foizni tashkil qilgan va ularda 1,6 mlndan ortiq saylovchi ishtirok etgan.

Hozirda AQSH va Kanadadagi saylov uchastkalari ovozlarni qabul qilishda davom etmoqda.

Qonunga ko‘ra, barcha ovozlarning yarmidan ko‘pini olgan nomzod g‘olib deb topiladi, ikkinchi bosqichda saylovlarda ishtirok etish bo‘yicha aniq chegara yo‘q.

1 noyabrda o‘tgan saylovlarning 1-bosqichida nomzodlarning birortasi ham 50% dan ortiq ovoz yig‘a olmagan edi.

Saylovlarning yakuniy natijalari Kanada va AQSHda ovoz berish yakunlangandan keyin e’lon qilinadi. Moldovada prezident 4 yilga saylanadi. Amaldagi prezident Dodonning vakolati 23 dekabr kuni tugaydi. Yangi prezident inauguratsiyasi shu sanadan keyin o‘tkaziladi.