SpaceX kompaniyasi Xalqaro kosmik stansiyasiga Crew Dragon kemasining ikkinchi parvozini amalga oshirdi. Falcon 9 raketa tashuvchisi yakshanba kuni Florida shtatidagi Kanareval burnidan uchib chiqdi, deya xabar bermoqda RBK.
NASAning xabar berishiga ko‘ra parvozdan so‘ng birinchi bosqich muvaffaqiyatli ravishda ajralib chiqib, Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga tushdi. Ikkinchi bosqich ham muvaffaqiyatli ajralib chiqdi. Keyinchalik Crew Dragon orbitaga muaffaqiyatli chiqdi.
Bortda to‘rt kishi bor edi: NASA astronavtlari Maykl Xopkins, Viktor Glover, Shennon Uoker va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi astronavti (JAXA) Soiti Noguchi. Ular XKSda olti oy bo‘ladilar.
Crew Dragonning avvalgi parvozi 30 may kuni bo‘lib o‘tgan edi. Bu xususiy kompaniya tomonidan dunyodagi birinchi odam uchirilishi bo‘lgan. Kosmik kema ikki nafar amerikalik astoravtni XKSga yetkazib berdi va 64 kunlik vazifani bajarib, Yerga qaytdi.
Ushbu parvoz Space Shuttle dasturi yopilishidan so‘ng, AQSHdagi pilotli kosmonavtika dasturini qayta yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutgan.