Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 17 noyabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 12,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 390,93 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 27,26 so‘mga arzonladi va 12 294,55 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,25 so‘mga qimmatladi va 134,34 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta ham dollar kursi 12 so‘mga qimmatlab, jami 10 378 so‘mni tashkil qilgandi. Shuningdek, avvalroq tijorat banklarida dollar 10 430 so‘mgacha oshgani haqida xabar bergan edik.