15 noyabr kuni O‘zbekiston hukumati ushbu mamlakatni COVID-19 ga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun Qirg‘izistonga maxsus reys bilan yana bir gumanitar yordam yubordi, deya xabar berdi Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Jo‘natilgan yordam tarkibiga 100 ming dona qo‘lqop, 10 ming dona himoya kiyimlari, 100 ming dona niqoblar, 1000 ta quti geparin vositasi, 10 ming dona COVID-19 yuqtirishning oldini olish uchun to‘plam, 10 ming dona testlar, 5 ming dona quti remdesevir, 4000 dona natriy xlor, va boshqalar kirgan.

Bundan tashqari, ikkita modulli, yuqori texnologiyali kasalxonalar qurilishi boshlandi.

Yaqin kunlarda temir yo‘l orqali navbatdagi gumanitar yordamni yuborish rejalashtirilgan. Unda 400 maxsus shifoxona konteynerlari va 3000 tonna bug‘doy yuborilishi rejalashtirilgan.