13 noyabr kuni ertalab ko‘plab tijorat banklarida dollar kursi sezilarli darajada ko‘tarildi. Eng ko‘p uchrayotgan taklifga ko‘ra, sotish narxi 10 360 so‘m va sotib olish narxi 10 430 so‘m qilib belgilanmoqda. Bunga Spot.uz e’tibor qaratdi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi marta banklarda dollar narxi noyabr oyining boshida ko‘tarilgan edi. Unga ko‘ra, sotish narxi 10340 so‘m va sotib olish narxi 10410 so‘m bo‘lgan edi.

Avvalroq Markaziy bank bergan ma’lumotlarga asoslanib AQSH dollarining ketma-ket ikkinchi hafta o‘sgani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, 12 noyabrdan dollar kursi 12 so‘mga qimmatlab, jami 10 378 so‘m etib belgilangan edi.

Valyutalar birjasida esa 12 noyabr kuni dollarning narxi 10 396 so‘m deb belgilanayotgan edi.