Avvalroq faoliyati to‘xtatilgan «Xorazm shakar» zavodi, 8 noyabr kuni o‘z ish faoliyatini tikladi ishlab chiqarishni boshladi, deya хабар bermoqda UzA.

O‘zbekistondagi ikkita shakar zavod — «Angren shakar» va «Xorazm shakar» MCHJlar ishlab chiqarishni to‘xtatgani va 2000 nafar xodim ishsiz qolayotgani e’lon qilingan edi. Hukuma tomonidan ushbu muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rildi va endilikda «Xorazm shakar» MCHJ 8 noyabr kuni Braziliyadan xarid qilingan sifatli xom-ashyodan tayyor shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ikkita eng yirik shakar ishlab chiqaruvchi «Angren shakar» va «Xorazm shakar» zavodlari xom-ashyo yetishmovchiligi sababli ishlab chiqarishni to‘xtatgani xaqida xabar bergan edik. Undan so‘ng esa, «Angren shakar» va «Xorazm shakar» zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan bo‘shatishni mo‘ljallanayotgani ma’lum bo‘lgan edi.