Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlaridan hujjat topshirib, imtihonda omadi chopmagan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha sifatida qabul qilinadi, deb xabar bermoqda O‘zA.


Qo‘shimcha sifatida qabul qilinadigan abituriyentlar eng kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak (maksimal 189 ballning 30 foizi) va tibbiyot yo‘nalishlaridan boshqa sohani tanlashi darkor. O‘qishga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi va o‘qishni tugatgandan keyin shu hududlarda kamida 5 yil ishlab berishi kerak.


13 noyabrdan boshlab ushbu 3 ta tumanda 4 ta sektor rahbarlari hamda oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirokida yuqoridagi talablar asosida o‘qishga hoxish bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 o‘quv yilida deyarli 1,5 million abituriyent davlat universitetlariga hujjat topshirdi. Ularning 1,24 million nafari test sinovlarida qatnashib, 140,8 ming nafari talaba bo‘lishdi.