O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish muddati 2022 yildan 2023 yilga qoldirildi. Bu hukumatning 11 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlani, deb xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, qaror respublikada mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida qabul qilindi.

«Aholini ro‘yxatga olish keng ko‘lamli, ko‘p vaqt talab qiluvchi va qimmat ish deb hisoblanadi, shu sababli bu 2−3 yillik tayyorgarlik ishlarini talab qiladi», deyiladi hisobotda.

Qo‘mita, shuningdek, hozirgi kunda ko‘plab davlatlar Covid-19 pandemiyasi sababli aholi ro‘yxatini keyinga qoldirayotganini ta’kidladi. Misol tariqasida, Davlat statistika markazi Rossiya, Qozog‘iston va Armanistonni keltirdi, ular aholini ro‘yxatga olishni 2020 yildan 2021 yilga ko‘chirdi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2019 yil 5 fevraldagi farmoni bilan aholini ro‘yxatga olish muddati 2022 yilda belgilangan yedi. 2021 yilgi davlat byudjeti loyihasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish uchun Davlat statistika qo‘mitasiga 80 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan yedi.