Londonning Beyker ko‘chasidagi Artur Konan Doyl asarining mashhur tergovchisi Sherlok Xolms yashagan bino Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev oilasiga tegishli. Bu haqda The Times ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, Beyker ko‘chasidagi 221b binosidagi uyning 90 foizi prezidentning qizi Darig‘a Nazarboyevaga, qolgan 10 foizi esa uning o‘g‘li Nurali Nazarboyevga tegishli.

Foto: znak.com

Nazarboyevlar oilasiga Beyker ko‘chasidan 215 dan 237 gacha bo‘lgan uylar tegishli. Ushbu uylar Farmont Baker Street Limited kompaniyasi nomiga 140 mln funtga (185 mln dollar) sotib olingan.

Foto: znak.com

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 avgust kuni Londonda 29 yoshli Aysultan Nazarboyev — Qozog‘iston birinchi prezidentining nevarasi olamdan o‘tgan edi. Uning o‘limiga yurakning to‘xtab qolishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.