Apple 2020 yilning uchinchi kuzgi taqdimotida Apple Silicon protsessoriga asoslangan birinchi Mas kompyuterlarini taqdim etdi. Texnologiyalar giganti rahbari Tim Kuk jonli efirda yangi texnologiyalarni namoyish qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Apple M1 protsessorlarini o‘zi ichiga olgan Mac’ni «yangi davr» deb atadi. Sakkiz yadroli chipset 5 nanometrli texnologiya (A14 Bionic singari) yordamida ishlab chiqarilgan. Kompaniya ushbu platformaning quvvat sarfi analoglarinikidan ancha past bo‘lishini va’da qildi. Masalan, MacBook Air 16 soatgacha ishlashi mumkin. Mac’larga qo‘yiladigan grafik tezlashtirgich ham sakkiz yadroga ega. Taqdimotda yangi mahsulotning ishlashi raqobatchilaridan ancha yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Yangi platformaga ega bo‘lgan ilk kompyuterlar 13 dyuymli MacBook Air va MacBook Pro noutbuklari, hamda Mac mini nettoplari bo‘ldi.

Rosetta dasturi tufayli yangi Mac’lar x86 dasturlarini ishga tushirishi mumkin. Yangi Mac’lar bilan birga Big Sur deya nom olgan katta Mac OS dasturi ham chiqdi. Uning asosida mavjud modellarni yangilash 12 noyabrdan boshlanadi.

MacBook Air ning narxi 999 dollar, Mac mini — 699 dollar, MacBook Pro — 1299 dollardan boshlanadi deb belgilandi. Kompyuterlar kelasi haftadan sotuvga chiqadi.