Chorshanba kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasining Vlll qurultoyida Qudratilla Mirsagatovich Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi lavozimiga bir ovozdan saylandi. Bu haqda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, uning nomzodi Oqsoqollar Kengashi tomonidan tavsiya qilindi.Ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etmoqda.

Ayni vaqtda Federatsiya raisi o‘rinbosarlari, Rayosat a’zolariga nomzodlar tavsiya etilib, saylov jarayoni davom etmoqda.