Jenevada Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XTM)ning Toshkentdagi to‘laqonli vakolatxonasini ochishni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston va XMT o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Dunyo axborot agentligi.

O‘zbekistonning 2019 yilda tashkilotning to‘laqonli a’zosiga aylanishi respublika bilan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga hissa qo‘shdi. Ushbu hamkorlik barqaror ravishda o‘sib bormoqda. Jumladan, avvalroq O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Narbayeva Jenevaga tashrifi chog‘ida XMT bosh kotibi Antonio Vitorino bilan uchrashgan edi.

Marosim yakunida Antonio Vitorino O‘zbekistonni XMTning 173-a’zosi sifatida samimiy qutladi va O‘zbekiston tomoni bilan jadal rivojlanib borayotgan hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini aytdi.

«2015 yilda Toshkentda XMTning ofisi ochilganidan buyon biz O‘zbekiston rahbariyatining migratsiyani samarali va zamonaviy boshqarish tizimini shakllantirishga bo‘lgan qiziqishi va qat’iy amaliy qadamlari tobora ortib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz, — dedi u. — Respublika siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga ochiqligini, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarida pragmatizmni namoyish etdi va ajoyib natijalarga erishdi. Biz prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan mamlakat miqyosida migratsiya masalalariga ustuvor ahamiyat bergani va xalqaro migratsiya muammolari bo‘yicha hamkorlikka bag‘ishlangan mintaqaviy va global tashabbuslarda faol ishtirok etishi va qo‘llab-quvvatlashini tan olamiz va qadrlaymiz».

Qayd etish joizki, O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib Migratsiya bo‘yicha Global shartnomani qo‘llab-quvvatladi va uni to‘liq amalga oshirishda qat’yatini namoyish etdi. Mamlakat mintaqada birinchi bo‘lib Global sharnomani amalga oshirishda milliy darajada erishilgan yutuqlar to‘g‘risida hisobot berdi.

O‘zbekistonning xorijdagi o‘z fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xorijiy davlatlardagi COVID-19 inqirozidan aziyat chekayotgan va respublikaga qaytib kelganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan sa’y-harakatlari ham alohida ta’kidlab o‘tildi.