O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan «Saylov-2019: yutuqlar, muammolar va takliflar» nomli risola chop etildi. Ushbu risolada Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlariga 2019 yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarning tahlili o‘rin olgan.

Risolada qayd etilishicha, bir vaqtning o‘zida bir nechta joyga nomzod etib ko‘rsatilgan holatlarda, uning saylovoldi targ‘ibotini olib borish, uchrashuvlar o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani to‘g‘risida bir qator so‘rovlar kelib tushgan.

Bu kabi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaning 117-moddasiga bir nomzod faqat bitta saylov okrugidan va bitta mahalliy vakillik organiga saylanishi mumkinligi to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish taklifi bildirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Konstitutsiyaning 117-моддасида O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emasлиги belgilab qo‘yilgan. Biroq unda nomzod bir vaqtning o‘zida bir nechta mahalliy vakillik organi deputatligiga nomzod etib ko‘rsatilishi mumkinligiga oid yoki aksincha, buni taqiqlovchi norma mavjud emas. Bu bo‘shliqni bartaraf etuvchi huquq Caylov кодексида ham o‘z aksini topmagan.

Bundan tashqari, Saylov kodeksiga asosan nomzod istalgan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Biroq kodeksda saylov byulletenlari bosib chiqarilgandan so‘ng, nomzod o‘z maqomidan voz kechganida saylov byulletenlariga qanday tartibda o‘zgartirish kiritish kerakligi, nomzodga muddatidan oldin berilgan ovozlar qanday taqsimlanishi yoki bekor qilinish qayd etilmagan. Shu bois saylov vaqtida MSK huquqiy bo‘shliqning oldini olish maqsadida tegishli qarorlarni qabul qilgan.

Markaziy saylov komissiyasi kelgusi saylovlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida Saylov kodeksida nomzodlikdan voz kechish muddatlarini belgilashni taklif etmoqda.

Buning natijasida saylov byulletenlari bosib chiqarilgach o‘zgartirish, muddatidan oldin berilgan ovozlarni taqsimlash yoki bekor qilish kabi kamchiliklar bartaraf etiladi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi O‘zbekiston prezidentlik saylovlari 2021 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Konstitutsiyaning 117-moddasiga binoan, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi… tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi».