Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Maqsudov Alisher Irkinovich nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi. Ushbu xabarni «Gazeta.uz» ga qo‘mita matbuot xizmati tasdiqladi.

Alisher Maqsudov 1996 yilda Toshkent yengil sanoat va to‘qimachilik institutini va 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. U 2017 yildan beri «O‘zpaxtasanoat» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ekologiya davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov sentyabr oyida Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.