Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq, tajriba sifatida umumiy ta’lim muassasalarini keyinchalik kengaytirish huquqi bilan 5 yilga xususiy sektorning ishonchli boshqaruviga o‘tkaziladi. O‘z navbatida, davlat byudjetidan ta’lim muassasalarini ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilmaydi.

Xususiy mulkdor quyidagi majburiyatlarni bo‘yniga oladi:

  • Bolalar uchun bepul ta’lim berish;
  • Binolarni ta’mirlash;
  • Moddiy-texnik bazani mustahkamlash.

Bundan tashqari, bo‘sh binolar va yerlar boshqaruvchiga sport yoki madaniyat muassasalarini tashkil etish uchun ajratiladi.