2021 yil 1 iyuldan tarkibida tuz, shakar va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar, shuningdek sog‘liq uchun zararli boshqa qo‘shimchalar mavjud mahsulotlarga belgilar qo‘yish boshlanadi. Bu prezidentning «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bilan tasdiqlandi, deya xabar berdi Spot.uz.

Belgilash ikki bosqichda amalga oshiriladi — birinchi navbatda, 2021 yil iyuldan boshlab, u ixtiyoriy bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda, 2025 yil 1 yanvardan boshlab, majburiy qilib qo‘yiladi. Bu o‘zgarish mamlakatga olib kirilgan mahsulotlarga ham, respublika ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham birdek tegishli qilib qo‘yiladi.

Tovarlarga ushbu rangli belgilarni qo‘yishdan maqsad u iste’molchilarga ishonchli ma’lumotlarni yetkazish va foydali mahsulotlarni tanlashiga yordam berishdan iborat. Masalan, shakar, to‘yingan yog‘ kislotalari va tuzni haddan ortiq iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziya, qandli diabet kasalliklarining paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga olib keladi.