Sirdaryo viloyati Boyovut tumani «Qaropchi» mahallasida yashovchi fuqarolar 1995 yilda tug‘ilgan Sh. M. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1999 yilda tug‘ilgan D.M. qo‘lbola usulda yasalgan pechdan chiqqan iz gazidan kuchli zaharlanib, yashash xonadonida vafot etdi, deb xabar bermoqda «Sirdaryo Xabarlari».

Hodisa 6 noyabr kuni soat taxminan 13:35 da sodir bo‘lgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Sh. M. va D.M.ning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, oktabr oyi oxirida Navoiy viloyatida ikki o‘smir is gazidan zaharlanib vafot etgan edi.