2021 yil 1 apreldan boshlab faqatgina mikronutriyentlar bilan boyitilgan un sotuviga ruxsat beriladi, deya xabar qilmoqda Spot.uz.

Bundan tashqari, xorijdan keltiriladigan mikronutriyentlar uchun nol bojxona stavkasi belgilandi.

2019 yilda bug‘doy unining mikronutriyentlari bilan boyitish darajasi barcha navlarning ishlab chiqarilgan va import qilinadigan un umumiy hajmining 30 foizini tashkil etdi.

Ushbu unni O‘zbekiston aholisining 56 foizga yaqini iste’mol qiladi. Temir tanqisligi kasalligi (anemiya)ning oldini olish uchun aholining 90 foizini qamrab olish zarurligi ta’kidlanmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashqiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu un 70 foiz holatda anemiya darajasini sezilarli miqdorda pasaytiradi.

Shu bilan birga, 2020 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston hududiga faqat mikroelementlar bilan boyitilgan birinchi navli bug‘doy uni olib kirilishi mumkin. Qayd etish joizki, O‘zbekistonda 2011 yil 1 yanvardan birinchi navli bug‘doy uni faqat mikroelementlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqarilib, sotib kelinmoqda.