Toshkent vaqti bilan 19:37 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila epitsentrida magnituda 5,2 ballni, chuqurligi 183 kmni tashkil etdi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 296 km uzoqlikda joylashgan.

O‘zbekiston hududida ham zilzila sezildi:

  • Toshkent : 296 km, 2 ball.
  • Namangan : 263 km, 2 ball.
  • Andijon : 270 km, 2 ball.
  • Farg‘ona : 207 km, 2 ball.
  • Guliston : 240 km, 2 ball.
  • Jizzax : 272 km, 2 ball.
  • Samarqand : 321 km, 2 ball.
  • Termiz : 334 km, 2 ball.