Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 50 milliondan oshdi.

Ularning 1,2 milliondan ortig‘i vafot etgan, 32,8 millioni sog‘aygan.

COVID-19 infeksiyasining eng ko‘p holatlari AQSHda aniqlangan (9,9 million). Undan so‘ng Hindiston (8,5 million), Braziliya (5,6 million), Fransiya (1,8 million) va Rossiya (1,7 million).

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni 11 mart kuni pandemiya deb e’lon qilgan edi, o‘shanda dunyoda umumiy kasallikka chalinganlar soni 118 ming kishini tashkil qilgan.

O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligining 9 noyabr kuni ertalab bergan rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 68,7 ming kishining COVID-19ga chalinish holatlari ro‘yxatga olingan, ulardan 585 kishi vafot etgan.