Nukus shahriga Utemurat Panayev vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston axborot agentigi xabar bermoqda.

Utemurat Panayev shu vaqtga qadar «Titan sement» MCHJ O‘zbekiston — Xitoy qo‘shma korxonasi bosh direktori, Nukus shahri «Titan DSZ» MCHJ raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Utemurat Panayev (chapda), Uzaqbergen Utambetov (o‘rtada), Aybek Tajetdinov (o‘ngda) Foto: O‘zA

Qorao‘zak tumaniga Uzaqbergen Utambetov hokim etib tayinlandi. Uzaqbergen Utambetov avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Chimboy tumaniga esa Aybek Tajetdinov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.