Satirik yozuvchi Mixail Jvanetskiy 86 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Mixail Jvanetskiy 1934 yilda Odessada shifokorlar oilasida tug‘ilgan. U Arkadiy Raykin teatrida ishlagan, Roman Karsev va Viktor Ilchenko bilan ijodiy hamkorlik qilgan, ular uchun 300 dan ortiq miniatyura va monolog yozgan.

Keyinchalik, o‘zining shaxsiy uslubiga o‘tib, u Odessa Filarmoniyasida, so‘ngra Moskva «Ermitaj» teatrida mustaqil ravishda ishlay boshladi va katta mashhurlikka erishdi.

1988 yilda u Moskva miniatyuralar teatrini yaratdi, uning doimiy badiiy rahbari sifatida oxirgi kunlarigacha ishlab keldi.

Jvanetskiyning «Ko‘chalarda uchrashuvlar» (1982), «Ikki yil bir yildek» (1987), «Mening Odessam» (1993), «To‘plamlar» kitoblari 4 jildda nashr etilgan (2001).

Oktyabr oyining boshlarida Mixail Jvanetsskiy o‘zining yoshi tufayli ommaviy tomoshalarni to‘xtatganini e’lon qildi. Bundan tashqari, u sog‘lig‘i yomonligidan ham shikoyat qilgan edi.