Yuqori tezlikda harakatlanadigan elektroskuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy holga aylandi. Bu haqda tegishli hukumat qarori qabul qilindi.

«DYHXX organlarida dvigateli 50 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega bo‘lgan yoki konstruksiyaviy tezligi soatiga 50 va undan ortiq kilometr bo‘lgan avtotransport vositalari, elektrodvigatelining quvatti 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar), shuningdek, tirkama va yarim tirkamalar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi», — deyiladi hukumat qarorida.

Elektroskuterlarning o‘rtacha tezligi 25−30 km/s ni tashkil qiladi, lekin maksimal tezlik nafaqat 40 km/s, balki 60 km/s va hatto 75 km/s etishi mumkin. Bunday skuterlar O‘zbekiston bozorida mavjud va texnik xususiyatlariga qarab 200 dan 1700 dollargacha bo‘lgan narxlarda taklif etiladi.