FVV Respublika seysmik prognostik monitoring markazining xabar berishicha, 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:38 da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. Yer silkinishi koordinatalari: 40,16 gradus shimoliy kenglik; 71,72 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km. Yer silkinishi epitsentridan Toshkentgacha masofa 244 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

O‘zbekiston hududidagi silkinish kuchi va epimarkazdan hududlargacha bo‘lgan masofa:

  • Toshkent: 244 km, 2 ball.
  • Namangan: 93 km, 3 ball.
  • Andijon: 87 km, 4 ball.
  • Farg‘ona: 26 km, 5 ball.
  • Guliston: 252 km, 2 ball.