Avtomobil raqamlarining 1−3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda tegishli hukumat qarori qabul qilindi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan «chiroyli» raqamlarning 1−3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qo‘yilishi mumkin.

Foto: lex.uz/687-son 04.11.2020

Masalan, fuqaro «01A777SX» raqamini olmoqchi, buning uchun ushbu raqam 900*223000=200,7 mln boshlang‘ich narxda auksionga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, «chiroyli» raqamlar auksionga qo‘yilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:

  • 1 va 2-toifadagi raqamlar mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlang‘ich narxlarda auksionga qo‘yiladi (harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan raqamlardan tashqari);
  • 4−6-toifadagi raqamlar auksiondan olinib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxda umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.

Foto: lex.uz/683-son 31.08.2017

Masalan, «01F111AD» raqami 6 oy ichida auksionda (100*223000=22,3 mln boshlang‘ich narxi) sotilmasa, ushbu avtomobil raqami 30 BHM: 30*223000=6,69 mln so‘m boshlang‘ich narxda auksionga qo‘yiladi.