Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hududida joylashgan Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligining Igri suv-2 bo‘limida katta yong‘in chiqdi, deya xabar qildi viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot hizmati.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ҳодиса 3 noyabr kuni yuz bergan.

«5 gektar maydonni qamrab olgan yong‘in oqibatida o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noyob daraxtlar, o‘simlik va hayvonot dunyosiga talofat yetgani ta’kidlanmoqda. Xususan, taxminan 600 ga yaqin Zarafshon archasi yonib ketgan. «Ayni paytda zarar miqdori aniqlanmoqda», — dedi viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati rahbari Karima Yodgorova.

Alohida qayd etilishicha, yong‘in oqibatida aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.