Navoiy viloyatida G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi, deya xabar qildi Yuksalish umummilliy harakati matbuot xizmati.

Shuningdek, yangi tashkil qilingan G‘ozg‘on shahar Kengashining tashkiliy sessiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi:

  • Azim Danikulovich Bazarov (1975 yil) G‘ozg‘on shahar hokimi etib tayinlandi.
  • Baxtiyor Normurodovich Isoqov (1979 yil) G‘ozg‘on shahar prokurori bo‘ldi.
  • Azim Baxronovich Muxitdinov (1987 yil) G‘ozg‘on shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
  • Oybek Oblokulovich Jurakulov (1983 yil) G‘ozg‘on shahar DSI boshlig‘i bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, sentyabr oyi oxirida Oliy Majlis palatalarining tegishli qarorlari bilan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi G‘ozg‘on shaharchasi G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirilib, G‘ozg‘on shahri viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilib, shahar hokimligi tashkil qilingan edi.