30 oktyabr kuni Turkiya g‘arbidagi Izmir provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,6 ballik zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolarda qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda TRT telekanali mamlakat Ofat va favqulodda holatlarni boshqarish vazirligi (AFAD) rahbari Mehmet Gulluo‘g‘liga tayanib xabar qildi.

AFAD ma’lumotlariga ko‘ra, 30 oktyabr kuni soat 14:51 da Safarixisorda sodir bo‘lgan 6,6 ballik zilzila oqibatida Izmirda 114 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

107 kishi vayronalar ostidan qutqarib olindi. 1035 kishi esa jarohatlandi. Ayni vaqtda 137 kishi shifoxonada davolanishda davom etmoqda.

Vayron bo‘lgan 17 ta binoda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi.